Maqola formatiga qo'yilgan texnik talablar
Jurnal tahririyatiga yuboriladigan qo'lyozmalar Microsoft Word (.doc yoki .docx) formatida bo'lishi va quyidagi texnik parametrlarga to'liq javob berishi lozim:
| Matn tili (Language) | Faqat Ingliz tilida (English only) — Maqolaning to'liq matni akademik ingliz tilida, grammatik xatolarsiz bo'lishi shart. |
|---|---|
| Shrift va o'lcham | Times New Roman, 12 pt (Maqola sarlavhasi 16 pt, qalin (Bold)) |
| Satrlar oralig'i | 1.15 (Line spacing), yuqori va pastdan (Margins) — 2 cm, chap va o'ngdan - 2.25sm |
| Hajmi va chegarasi | Kamida 5 bet, ko'pi bilan 15 betgacha (Adabiyotlar ro'yxati bilan birga) |
| Muallif ma'lumotlari | F.I.O., ish/o'qish joyi, ilmiy unvoni, elektron pochta va majburiy ORCID ID |
Maqolaning ichki strukturasi (IMRAD)
Original tadqiqot yo'nalishidagi maqolalar qat'iy ravishda quyidagi tuzilishga ega bo'lishi shart:
Title, Abstract & Keywords
Maqola sarlavhasi, 150-250 so'zdan iborat va tadqiqotning maqsadidan xulosasigacha bo'lgan qismlarini ochib beruvchi ixcham annotatsiya (Abstract) hamda 5-8 ta kalit so'zlar (Keywords) to'liq ingliz tilida professional darajada taqdim etilishi lozim.
Introduction (Kirish)
Mavzuning dolzarbligi, muammoning qo'yilishi, qisqacha adabiyotlar tahlili (Literature review) hamda tadqiqotning asosiy maqsadi yoritiladi.
Materials and Methods (Metodlar va Materiallar)
Tadqiqot qanday o'tkazilgani, qo'llanilgan metodologiya, tajribalar, modellar yoki statistik tahlillar boshqa olimlar qayta takrorlay oladigan darajada aniq bayon qilinadi.
Results (Natijalar)
Tadqiqot natijasida olingan ilmiy yangiliklar va ma'lumotlar jadvallar, grafiklar va diagrammalar yordamida aniq dalillar bilan ko'rsatiladi.
Discussion & Conclusion (Munozara va Xulosa)
Olingan natijalar sohadagi boshqa olimlarning ishlari bilan solishtiriladi, ilmiy ahamiyati muhokama qilinadi va yakuniy qisqa xulosalar beriladi.
Adabiyotlar ro'yxatiga qo'yilgan talablar (References)
1. Maqolada kamida 10-15 ta dolzarb ilmiy adabiyotlardan foydalanilgan bo'lishi lozim. Ularning kamida 30-40% oxirgi 5 yilda nashr etilgan xalqaro manbalar bo'lishi tavsiya etiladi.
2. Adabiyotlar ro'yxati xalqaro akademik standartlardan biri — APA 7th edition yoki IEEE uslubida, lotin alifbosida rasmiylashtirilishi shart.
3. Manbalarning raqamli identifikatori — DOI raqamlari mavjud bo'lsa, References qismida majburiy tartibda havola (link) shaklida ko'rsatiladi.
Yuklab olish uchun rasmiy hujjat shablonlari
Maqola shabloni (Manuscript Template)
Maqola matnini IMRAD standarti, shriftlar va chekka masofalar bo'yicha to'g'ri rasmiylashtirish uchun MS Word namunasi.
Kuzatuv xati (Submission Letter)
Maqola bilan birga taqdim etiladigan, barcha mualliflar ro'yxati, ularning ORCID ID raqamlari va roziligi yoziladigan rasmiy xat.
Etika deklaratsiyasi (Conflict of Interest)
Maqolada manfaatlar to'qnashuvi yo'qligi va CC-BY litsenziyasi shartlariga rozilikni tasdiqlovchi majburiy deklaratsiya shakli.