Ikki tomonlama yashirin taqriz (Double-Blind Peer Review)
"SCIENCE AND INNOVATION" xalqaro ilmiy jurnaliga taqdim etilgan barcha ilmiy maqolalar majburiy tartibda Double-Blind Peer Review (Ikki tomonlama yashirin taqriz) tizimidan o'tkaziladi. Bu jarayonda muallif ham, taqrizchi ham bir-birining shaxsidan mutlaqo xabarsiz bo'ladi. Ushbu tizim ob'ektivlikni kafolatlaydi va har qanday manfaatlar to'qnashuvining (conflict of interest) oldini oladi.
Maqolani ko'rib chiqish bosqichlari
Dastlabki texnik va etika tekshiruvi (Initial Screening, Plagiarism & AI Check)
Tahririyat mas'ul kotibi kelib tushgan qo'lyozmani jurnal yo'nalishiga (Scope) mosligi va texnik formatini ko'rib chiqadi. Shu bosqichning o'zida maqola majburiy xalqaro akademik filtrlardan o'tkaziladi:
• Plagiat nazorati: Maqolalar Turnitin va PlagiarismCheck tizimlari orqali tekshiriladi. Jurnal talabiga ko'ra, original matn darajasi kamida 80-85% bo'lishi shart.
• Sun'iy intellekt (AI) nazorati: ChatGPT, Claude va boshqa neyrotizimlar yordamida generatsiya qilingan matnlarni aniqlash uchun maxsus xalqaro detektorlar qo'llaniladi. AI tomonidan to'liq yozilganligi aniqlangan ishlar taqrizga yuborilmasdan darhol rad etiladi.
Ekspertlar tahlili (Peer Reviewing)
Dastlabki elakdan o'tgan maqola tahririyat a'zolari tomonidan soha bo'yicha kamida 2 ta mustaqil va fanga hissa qo'shgan ilmiy ekspertlarga (fan nomzodlari, professorlarga) yuboriladi. Taqrizchilar maqolaning dolzarbligi, metodologiyasi va ilmiy yangiligini baholaydi.
7-14 kunQaror qabul qilish (Editorial Decision)
Taqrizchilar xulosasiga ko'ra tahririyat uchta qarordan birini qabul qiladi: 1) Maqolani o'zgarishsiz qabul qilish; 2) Kamchiliklarni tuzatish uchun muallifga qaytarish; 3) Ilmiy saviyasi pastligi yoki xatoliklari sabab rad etish.
2-4 kunNashr va Indekslash (Publication)
Tuzatilgan va to'liq qabul qilingan maqolaga DOI raqami beriladi, tahrir qilinadi va navbatdagi jurnal sonida ochiq kirish (Open Access) tizimida va xalqaro bazalarda e'lon qilinadi.
Yakuniy bosqichTaqrizchilar uchun mezonlar
Taqrizchilar COPE (Nashr etikasi qo'mitasi) xalqaro qoidalariga rioya qilgan holda quyidagilarni kafolatlaydi:
- Qo'lyozma tarkibidagi ma'lumotlarning mutlaqo maxfiyligi (konfidentsiallik).
- Siyosiy, milliy yoki shaxsiy qarashlardan xoli bo'lgan faqatgina ob'ektiv ilmiy baho.
- Maqoladagi har qanday yashirin plagiat elementlarini aniqlashda tahririyatga ko'maklashish.