BO`LAJAK BIOLOGIYA FANI O`QITUVCHILARINING KASBIY FAOLIYATIDA O`QUVCHILARDA SOG`LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH

N.SH.Mannapova, M.Sabirova

Mazkur maqolada maktab o`quvchilarida sog`lom turmush tarzini rivojlantirishning biologik, psixologik-pedagogik omillariga to`xtalar ekanmiz, unda jamiyatdagi o`quvchi-yoshlarning ta`lim jarayonida ziddiyatli, stressli muhit mavjudligi sababli u bezovtalanadi va natijada inson himoya mexanizmlarining turli xil ta’siri tufayli o`z sog`lig`ining qadr-qimmatini anglash qiyinlashadi. Shu munosabat bilan, o`quvchilarda sog`lom turmush tarzi rivojlanishining tizimli o`rganish lozimligi batafsil ko`rsatib berilgan.

20.02.2024 View more Download

BO‘LAJAK BOSHLANGʻICH SINF O‘QITUVCHILARINING O‘QUVCHILARDA AXLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHGA O’RGATISHNING AMALIY TIZIMI

Mamatova Aziza Maxamatdjonovna

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishning amaliy shakllari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish va ishlab chiqilgan shakllar asosida boshlang‘ich ta’lim jarayonini amaliy rivojlantirib borish vazifalari qo‘yilgan[1]. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning amaliy tizimini aniqlab olish muhim ahamiyatga egadir. Bu o‘rinda ana shu masalaning tahliliga e’tiboringizni tortamiz.

20.02.2024 View more Download

ТУРКИЙ ХАЛҚЛАР АНЪАНАВИЙ СПОРТ ЎЙИНЛАРИДА КУРАШНИНГ ЎРНИ

Қодирова Х.Н

Жаҳонда олиб борилаётган сиёсий, ижтимоий ва иқтисодий ривожланиш жараёнида Туркий халқларнинг ўзаро бирлашуви, бир мақсад йўлидаги ҳамкорлик, урф-одатлар, анъаналар ва қадриятларни бугунги глобаллашув даврида узлуксиз такомиллаштириш, модерн оламда ўсиб келаётган ёш авлод онгида ўтмишга, аждодларга, миллий ўзлик ва ватанпарварлик каби шахслик сифатларини таркиб топтиришда туркий халқлар анъанавий спорт ўйинларига мотивацион-қадриятли мунособатини шакллантиришга қаратилган чора-тадбирларни ишлаб чиқиш айни дамда долзарб муаммо сифатида кўриш мумкин.

20.02.2024 View more Download

ТАЛАБАЛАРНИНГ АХБОРОТ ХАВСИЗЛИГИГА РИОЯ ҚИЛИШ КУНИКМАЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ АЙРИМ МАСАЛАЛАРИ

Қузиев Равшанбек Бахтиёр ўғли

Очиқ ахборот тизимларида ахборот хавфсизлигини таъминлаш ҳозирги куннинг долзарб талабидир. Ҳар бир давлат бунинг устида бош қотирмоқда. Бу жаҳондаги янги геосиёсий тақсимот, янги минтақавий низоларнинг юзага келиши, миллатчилик, шовинизм, дин ниқобидаги экстремизм, экологик ҳалокатнинг таҳдиди кучайиши ва бошқа юқумли касалликларнинг тарқалиши билан боғлиқдир.

19.02.2024 View more Download

BO‘LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O'QUVCHILARNING O'QUV-O'ZLASHTIRISH MOTIVATSIYASINI YUKSALTIRISHDA TA'LIMIY O'YINLARDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH

Kochkarova Shakhnoza Satvaldievna

Boshlang'ich maktablarning zamonaviy ta'lim muhitida, birinchi sinfdan boshlab, o'qitish samaradorligini oshirish muammosi juda keskin. Avvalo, bu boshlang'ich maktab o'quvchilari o'rganishi kerak bo'lgan ma'lumotlarning yil sayin ortib borayotganligi bilan bog'liq va aynan shu erda ta'lim motivatsiyasini shakllantirish muammosi paydo bo'ladi, chunki siz bilganingizdek, bilimlarni o'zlashtirish uchun. va uni hayotda qo'llashni o'rganing, bu zarur istak va faoliyatdir. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari oldiga asosiy vazifa - o'quvchilarga nafaqat bilimlarni o'zlashtirishda yordam beradigan, balki ta'lim jarayonini qiziqarli bilish jarayoniga aylantiradigan usul va shakllarni topishdir.

19.02.2024 View more Download

УЧИТЬ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССА ИССЛЕДОВАНИЕ МОТОРНЫХ НАВЫКОВ У ДЕТЕЙ С ТЯЖЁЛЫМИ НАРУШЕНИЯМИ РЕЧИ СРЕДСТВОМ АРТ-ТЕРАПИИ

Каюмова Дилноза

В последние годы увеличивается число детей, страдающих недоразвитием речи, а своевременно оказанная помощь позволяет создать условия для становления полноценной речи ребёнка. Одной из главных задач логопедической работы является коррекция речевого нарушения, активизация речевой деятельности у детей дошкольного возраста . Речь представляет собой наиболее сложную форму речевой деятельности.

19.02.2024 View more Download

O‘QITUVCHILIK KASBI VA UNI KISHILIK JAMIYYATIDAGI O‘RNI

Karaboyeva Mahliyo Kodirjonovna

Maqolada o‘qituvchilik kasbining jamiyat rivojidagi o‘rni, shu bilan birga, pedagogik jamoadagi muhitning ta’lim-tarbiya sifatiga ta’siri, bugungi kunda o‘qituvchiga qaratilgan e’tibor hamda samarali o‘quv faoliyatini tashkil etish uchun e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida yozilgan.

19.02.2024 View more Download

BO‘LAJAK LOGOPEDLARGA KORREKSION ISHLARNI REJALASHTIRISHDA KTIMTT VA MTT DA ISH HUJJATLARI BILAN TANISHTIRISH VA ISH JARAYONLARINI LOYIHALASHTIRISHGA O‘RGATISH

Zakirova S.B

Ush bu maqolamiz bo‘lajak defektolog-logopedlarga korreksion ishlarni rejalashtirish va loyixalashtirishga o‘rgatish metodikasining takomillashtirish, ish yujjatlarini to‘g’ri yuritishga, ular bilan to‘g’ri ishlashga, nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boradigan korreksion ishlarni sistemali amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Buning uchun defektolog- logopedlarning turli kasbiy vazifalarini – diagnostik, metodik, psixologik, korreksion, ijtimoiy ishlarini loyixalashtirish kerak ekanligiga va bu bo‘lajak defektolog-logopedni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini anglash va baholash imkoniyatini berishi mumkin.

19.02.2024 View more Download

PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA HAMKORLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Jalilova Dilshoda Ural qizi, Xolmo‘minova Sevinch

Mazkur maqola zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi shaxsida hamkorlik kompetensiyasi mavjud bo‘lishini yoqlagan holda, bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik amaliyot jarayonlaridayoq hamkorlik kompetensiuyasiga ega bo‘lishlari lozimligi haqidagi fikr-mulohazalarni targ‘ib qiladi.

19.02.2024 View more Download

HARBIY TA’LIM FAKULTETI TALABALARINING JANGOVOR RUHIYATINI KO‘TARISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARNING O‘RNI

Jalilov Nodirjon Azamatovich

Ushbu maqolada harbiy ta’lim fakulteti talabalarining jangovor ruhiyatini ko`tarishda pedagogik-psixalogik omillarning o‘rni va ahamiyati harbiy psixologiyaning vazifasi inson ruhiy hayotining asosiy qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Harbiy psixologiyani o‘rganish harbiy xizmatchining o‘zidan boshqa kishilarni tushunishiga, ularning ruhiy xolatlarini xisobga olgan holda ish ko‘rishiga, odamlarning ijobiy, salbiy xususiyatlarini, ularning o‘zlariga xos bo‘lgan individual jihatlarining qay yusinda va nima sababdan yuzaga kelishini ko‘ra olishiga, tevarak-atrofini qurshab olgan boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatishiga yordam beradi.

19.02.2024 View more Download