MAKTABGAChA TA’LIM TAYYoRLOV GURUHDARIDA VA BOShLANG‘ICh TA’LIMDA O‘QITIShDA MILLIY O‘QUV DASURINING UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

Djumaev Mamanazar

Maqolada uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ta’lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soat ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar va Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga va ta’lim-tarbiya jarayonlarini talab darajasida tashkil xususiyatlari qaraladi.

12.05.2023 View more Download

ZAMONAVIY TA'LIM JARAYONIDAGI INNOVATSIYALAR

Raximova Gulora Ibragimovna, Yarmetova Muqaddas Ruzimovna

Zamonaviy ta'lim jarayonidagi innovatsiyalar fanlarni o'qitish usullarini zamonaviy jamiyat rivojlanish davriga integratsiyalashuvining etakchi omillaridan biridir. Innovatsiyalar nima? Innovatsiya -yangi o'quv natijalaridir. Yangi natija olish uchun: bilimni emas, balki shaxsni tarbiyalash lozim bo‘ladi.

12.05.2023 View more Download

CHIRCHIQ SHAHAR QABRISTON HUDUDI FLORASINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI “QIZIL KITOB” GA KIRITILGAN AYRIM TURLARI

Absamatov To‘lqin Normuratovich, Umarova Yoqutxon Botirjonovna

Bioxilma-xillikning global baholash (UNEP) ma’lumotlariga kо‘ra bugungi kunda turli omillar ta’siri natijasida 30 000 dan ortiq о‘simlik va hayvon turlari yо‘qolib ketish xavfi ostida turibdi, oxirgi 400 yil ichida 654 о‘simlik turlari yо‘qolib ketgan. Shu nuqtai nazardan, bioxilma-xillikni о‘rganish, mahalliy floralardagi turlar tarkibini rо‘yxatga olish, kamyob turlarning zamonaviy holatini aniqlash va saqlab qolish zamonaviy botanikaning dolzarb muammolari qatoriga kiradi

12.05.2023 View more Download

“QISQA KO`PAYTIRISH FORMULALARI” BOBIDA O`RGANILGAN BILIM, KO`NIKMA VA MALAKALARNI BAHOLASH USULLARI

Ra`no Qurbanova Shavkatovna

Maqolada 7-sinf algebra darsida o`quvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy usullari “Qisqa ko`paytirish formulalari” bobiga asoslangan holda bayon etilgan va nazorat materiallaridan na`muna keltirilgan

12.05.2023 View more Download

MATEMATIKA FANINI O`QITISHDA KASBIY MAZMUNLI MASALALARNING SIFATLI TA`LIMDAGI AHAMIYATI

Jalilov Anvar Abdulloyevich, Rustamov Anvar Normamatovich

Ushbu maqolada matematika fanini o`qitishda kasbiy mazmunli malalalar orqali o`quvchilarda kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish ilmiy-nazariy tavsiyalar yordamida ochib berilgan

12.05.2023 View more Download

MAKTAB BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA STRATEGIYA ZARURIY OMIL SIFAFIDA

Xudoyberdiyev Eldor Uktamjonovich

Mazkur maqolada strategiyaning maktab boshqaruvi samaradorligini oshirishdagi o‘rni, boshqaruv samaradorligining ta’lim sifatiga ta’siri haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maktabning boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishda rahbar tomonidan aniq maqsadlar qo‘ya olish, tog‘ri qarorlar qabul qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida mulohazlar bildirilgan.

12.05.2023 View more Download

DIZARTRIYA NUTQ NUQSONLI BOLALARDA SENSOMOTOR FUNKSIYALARNI TEKSHIRISH

Adilova Manzuraxon Ravshanovna

Mazkur maqolada Bolalar serebral falajli dizartriya nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar sensomotorikasini tekshirish turlari va baholash metodlari, praksisning bir necha turlarini tekshirish orqali bunday bolalarga to’g’ri tashxis qo’yish, yaqin rivojlanish zonasini aniqlash va korreksion ishni amalga oshirishning asosiy mezonlaridan biri ekanligi yoritilgan.

12.05.2023 View more Download

RIVOJLANAYOTGAN TEXNOLOGIYALAR VA O’ZGARUVCHAN TA’LIM MAZMUNI

Davronov N.K.

Maqolada so’ngi yillarda eletron ta’lim inqilobi tufayli ta'lim texnologiyasining predmeti o’qish va o’rgatish samaradorligini oshiradigan texnik va pedagogik usullar va vositalarni o’zgarganligi va texnologiyaga asoslangan o'qitish motivatsiyani rag'batlantiradigan, qiziqarli, samarali va mazmunli o'rganishga olib keladigan turli xil imkoniyatlar va amaliyotlarni taqdim etish orqali sifat jihatidan an'anaviy sinfga asoslangan o'qitishdan farqi haqida mulohaza yuritilgan.

12.05.2023 View more Download

XALQARO PIRLS BAHOLASH DASTURI

Xudayqulova Fazilat Bo`Riyevna, Abdaliyeva Barno Ilxom qizi

PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang’ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qanday darajada rivojlanganligi haqidagi ma‘lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradi .PIRLS xalqaro tadqiqoti har besh yilda bir marta o‘tkaziladi. PIRLS boshlang’ich sinf o‘quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o‘qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga , ya‘ni, “ badiiy tajriba orttirish “ va “axborotni olish va undan foydalanish” ga qaratilgan.

12.05.2023 View more Download

ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ ЎҚИТУВЧИЛАРИДА ПЕДАГОГИК ҚОБИЛИЯТНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ

Ибраимов Холбой Ибрагимович

Ҳар қандай мураккаб замонавий ахборот коммуникация технологиялари, интеграциялар, фан соҳасидаги оламшумул янгиликлар аввало ўқитувчи томонидан ўзлаштирилиб, сўнгра унинг билими, савияси, қобилияти эвазига талабалар онгига ва тафаккурига етказилади

12.05.2023 View more Download