IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA YUQORI LAB VA TANGLAYNING TUG‘MA KEMTIGI BО‘LGAN BOLALARDA NUTQ BUZILISHLARINI OLDINI OLISH

Shokirova Shaxnoza Dilmurodovna

Ushbu maqolada yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bо‘lgan bolalarda nutq buzilishlarini oldini olish, ilk yoshdagi bolalarga ablitatsion yordam ko‘rsatish usullari, yo‘llari keltirilgan.

19.02.2024 View more Download

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TARBIYADA HADISLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Matlubaxon Shokirova Xalimdjanovna

Ushbu maqolada umumiy o`rta ta`lim maktablari va boshqa bir qator ta`lim maskanlari, oilada to`g`ri ta`lim-tarbiya olish, ma`naviy jihatdan yetuk va barkamol bo`lishda hadislarning rolini ko`rib chiqishga qaratilgan.

19.02.2024 View more Download

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA O‘QUVCHILARINING CHOLG‘U IJROCHILIK QOBILYATLARINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI

Xudayberdiyeva Mushtariy

Musiqa cholg‘u ijrochilik qobilyatlarini shakllantirish muammosi musiqa cholg‘usini chalishni o‘rganayotgan o‘quvchilarni musiqiy tarbiyalashning muhim vazifalaridan biridir. Ushbu tezisda xorij tajribalarining tahlili asosida o‘quvchilarda cholg‘u ijrochilik qobilyatlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari bayon qilinadi. Shuningdek, ijrochilik qobilyatini shakllantirish jarayoni o‘quvchining individual imkoniyatlari asoslab beriladi.

19.02.2024 View more Download

ТАЖНИС БАДИИЙ САНЪАТИНИ ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАР ВОСИТАСИДА ЎҚИТИШ ТАЖРИБАСИДАН

Саидмурод Холбеков

Мумтоз адабиётни ўқитишда тажнис санъатини таҳлил қилиш қандай критерийлар асосида олиб борилади, мазкур воситанинг таъсирчанлиги қай даражада? Адабиёт дарсларини ташкил этиш жараёнидаги изланишларимиз ана шу ҳақда. Мумтоз адибларимиз асарларидаги ўзига хосликларга эришишда ҳеч кимнинг хаёлига келмаган йўлларидан юрганлар ва ажойиб натижаларга эришганлар. Масалан, шеърий сатрларини ажиб ва ғариб бадиият унсурлари билан безаганлар. Айниқса, қофия борасидаги изланишларини баҳолаш амри маҳол, бўлиб ҳам қофия жиҳатидан унинг тажнисли турининг қўлланилиши унинг маҳорат самараси эканлигидан далолат беради. Бу ҳақда гапиришдан олдин Навоий “Мажолис ун-нафоис” асарида Атойининг Ул санамким, су(в) яқосинда паритек ўлтурур,

19.02.2024 View more Download

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING GENDER TAMOYILI

B,M.Xakimova

Maqolada maktab o‘quvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirishning tamoyillari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, shaxsning o‘z mutaqil fikriga ega bo‘lishida pedagogik va psixologik yo‘nalish muhimligi asoslangan.

19.02.2024 View more Download

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TARIX DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH

Usmonova Matluba Nosirovna

Jahon taraqqiyotida globallashuv tobora avj olib borayotgan, shiddatli o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan murakkab zamonda, axloqiy tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning oʻrnini oʻrganish, tahlil qilish va aniqlash, yosh avlodni tarbiyalash tarixiy zarurat va davr talabidir. Zamonaviy sharoitda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish, ularning yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri aniqlash, ular o‘rtasidagi o‘ziga xos bog‘lanishlarni, urf-odatlar, marosimlar, qoidalarga bo‘lgan munosabatini aniqlash muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada avloddan avlodga meros bo‘lib qoladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning oila bag‘ridan ajratib o‘qitilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarida tarbiyalash usullari haqidagi fikrlar ilgari surilgan.

19.02.2024 View more Download

KREATIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI

Umarova Zuxra Abduraxmanovna, Pulatova Dilnura

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganib borish ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan [1]. Bunda yangi yo‘nalish bo‘lgan Ijodkorlik pedagogikasining imkoniyatlaridan foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Mazkur o‘rinda ana shu masalaning tahliliga e’tiboringizni tortamiz.

19.02.2024 View more Download

BO‘LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA O’QUVCHILARNI MA’NAVIY –AXLOQIY TARBIYALASHDA TURK XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI O’RGATISH YO‘LLARI

Tursunova Marjona

Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda turk xalq og’zaki ijodi va o’zbek xalq ijodidan foydalanish texnalogiyalarini o’rgatadi.

19.02.2024 View more Download

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA KASBIY ETIKET VA PROFESSIONAL MULOQOTNI O’RGATISHNING AHAMIYATI

Turabova Sohibjamol Talatovna

Ushbu maqola kasbiy etika va muloqot qoidalarining asosiy muammolarini, maxsus ta’lim muassasalari amaldagi mutaxassislar tomonidan ishlatilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar haqida, har bir ishbilarmon odam uchun zarur bo‘lgan praktik tushunchalar, to‘g‘ri muloqot yuritish, muzokaralar olib borishni, mutaxassislarga etika haqida kerakli ma’lumotlarni taqdim etilgan. Shuningdek, maqolada Sharq va G‘arb mamlakatlarining kasbiy muloqotga bo‘lgan munosabatlari bilan ham tanishib chiqasiz.

19.02.2024 View more Download

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA ABU ALI IBN SINO TA’LIMOTLARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Tojiboyeva Sevaraxon Xayrullayevna

Maqolada ijodkorlik pedagogikasi asosida 10-11-sinf o‘quvchilariga biologiya fanini o‘qitish jarayonida alloma Abu Ali ibn Sino ta’limotlarining didaktik imkoniyatlarini rivojlantirish metodikasiga oid fikrlar yoritilgan.

19.02.2024 View more Download