УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИДА ТАЪЛИМИЙ-МАДАНИЙ МУҲИТНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ЎҚУВЧИЛАРДА ИЖОДИЙ ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИМКОНИЯТЛАРИ

Гаипов Дилшод Жумабекович

Ушбу мақолада ўқувчиларнинг ижодий тафаккур қилишга ўргантиш йўллари ва уларни маданий-таълимий муҳитни ривожлантиришда қўллаш, ўқувчини мустақил ижодий фикрлаш, изланишга ўргатишнинг эвристик методлари ҳақида маълумотлар берилган. Шунингдек ўқувчиларда ижодий тафаккурни, ижодий изланишларни ривожлантириш учун турли ижодий фаолиятлар тавсия қилинган.

12.05.2023 View more Download

УМУМУТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИДА ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИНИ ЎҚИТИШГА КОМПЕТЕНТЛИК ЁНДАШУВ

Даминова Раъно Баситовна, Азимхўжаев Мухаммадбобур Азиз ўғли, Абдужабборова Шоирахон Икрам қизи

Мақолада компетентлик тушунчаси ва Технология дарсларини ташкил этишга компетенциявий ёндашув моҳияти очиб берилган

12.05.2023 View more Download

ИНГЛИЗ ВА ЎЗБЕК ТИЛЛАРИДА ГЕОЛОГИК ТЕРМИНИНОЛОГИЯДА ПОЛИСЕМИЯ ҲОДИСАСИ

Барно Турдикулова

Мақолада геологик терминларни структураси ҳақида фикр юритилиб, уларнинг талқинлари келтирилди. Полисемия ҳодисаси ҳамда геология соҳасида полисемия ҳодисасиниг ўрни келтирилган. Бу борада айрим олимларнинг фикрлари келтирилди. Ушбу терминологик тизимда қўлланиладиган полисемия, омонимия, синонимия, антонимия ҳодисалари аниқланди, ўзбек ва инглиз тилларида уларнинг қиёсий таҳлили ўтказилди

12.05.2023 View more Download

O'QUVCHILARDA KOGNITIV KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH

Babayeva Xulkaroy Usmonning qizi

a'lim jarayonini takomillashtirishda elektron vositalarni zamonaviy yondashuv asosida ishlab chiqishning pedagogik-psixologik asoslari, mediata'lim resurslaridan foydalanishning nazariy asoslari, kognitiv kompetentsiyalarni shakllantirishning metodik ta'minoti yoritilgan

12.05.2023 View more Download

UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHDA MADANIY DUNYOQARASHNI AHAMIYATI

Xolbo‘tayeva Dilfuza Usmon qizi

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida madaniy muhitni yaratishda madaniy dunyoqarashni ahamiyati qanchalik muhim ekanligi ochib berilgan. Maqolada madaniy muhit va madaniy dunyoqarash haqida keng ma‘lumot berib o‘tilgan.

12.05.2023 View more Download

O‘QUVCHILARNI MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQTIRISHDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGINING KLASTERLI YONDASHUVLARI

Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova

Ushbu maqola orqali umumta’lim maktablarida ta’lim oluvchi o‘quvchilarni milliy hunarmandchilikka qiziqtirishda fan va ishlab chiqarish hamkorligining yondashuvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z aksini topadi.

12.05.2023 View more Download

MEHNAT TA’LIMI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI XALQ HUNARMANDCHILIGI ASOSIDA TARBIYALASH

Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova

Bugungi kunda ta’lim muassasasida tashkil etiladigan har bir dars jarayoni o‘quvchilarga nafaqat ta’lim berishni, balki ularda tarbiyaviy jihatdan ham e’tibor qaratishni talab qiladi. Shu boisdan ham mazkur maqola ushbu masala yuzasidan fikr-mulohazalarga bag‘ishlanadi.

12.05.2023 View more Download

ПРЕЗИДЕНТ ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ ЁШЛАРДА МАЪНАВИЯТНИ ТАРБИЯЛАШ ҲАҚИДА

Р.Х.Джураев

Замонавий таълимнинг асосий мақсади – жамият, давлат ва таълим олувчи шахсининг зарур эҳтиёжларини қондириш, Ўзбекистоннинг маънавий, ижтимоий-иқтисодий тараққиётига хизмат қила оладиган рақобатбардош кадрларни етиштиришдир. Кенг дунёқарашга эга бўлган, мустақил ва эркин фикрлайдиган, таълим жараёнини мақсадли моделлаштира биладиган ўқитувчи-педагог таълимнинг ёрқин истиқболини белгилаб бера олади.

12.05.2023 View more Download

BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QITUVCHILARINI O’Z USTIDA ISHLASHNING ZAMONAVIY YO’LLARI

Nuraliyeva Nargiza Bozorboyevna

Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining o’z-o’zini rivojlantirish ta’limni zamonaviy shaklda tashkil etish, ularning pedagogik mahoratini yuqori darajaga ko’tarish, o’z ustida doimiy ishlash, o’quv, tartibga solish va ilmiy ishlarda tizimli ishtirok etish jarayonini o’z ichiga oladi.

12.05.2023 View more Download

MUQOBIL BAHOLASHDA GAMIFIKATSIYANING ROLI

G’oyibova Nigora Murod qizi

O'quvchilarni haqqoniy baholash hozirgi kunda maktablarda dolzarb masala hisoblanmoqda. An'anaviy va muqobil baholash bir-biridan farq qiladi. Jumladan, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javobni tanlash, bir nechta testlarni o‘tkazish, turli variantli testlar o‘quvchilarni baholashda oson hisoblanadi. Ushbu an'anaviy baholash LOT (low order thinking) (past tartibli fikrlash qobiliyati)ga asoslanadi va o'quvchilarni summativ usulda baholashga mo'ljallangan. Biroq, ba'zi o’quvchilar uchun ularning kognitiv fikrlashlarini hisobga olmaslik ko'proq stresslik holatini yuzaga keltiradi. Muqobil baholash ham o‘quvchilar, ham o‘qituvchilar uchun foydaliroq. O’quvchularni rag'batlantirish va maqsadga erishish orqali baholashga qaratilgan. Ushbu baholash HOT (high order thinking) (yuqori tartibli fikrlash) ga asoslanadi va formativ tarzda baholashga mo'ljallangan. Muqobil baholashning eng qiziqarli va eng yaxshi ixtiyoriy jihatlaridan biri bu gamifikatsiyadir (o'yinlashtirishdir). Nazorat ishi o'quvchilarni yanada qiziqarli va rag'batlantirish uchun tilni baholashda gamifikatsiya qo'llaniladi.

12.05.2023 View more Download