ЯНГИ ЎЗБЕКТИСТОН ШАРОИТИДА ТАЛАБАЛАРДА УМУМИНСОНИЙ ҚАДРИЯТЛАРГА ОИД КОМПЕТЕНТЛИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ

Абдуғаниев Озод Турсунбой ўғли

мазкур мақолада талабаларда умуминсоний қадриятларга оид компетентлиликни ривожлантиришнинг илмий назарий асослари ёритилган бўлиб, турли ёт ғояларнинг салбий таъсири ортиб, одамларнинг онги-шуъури ва қалби учун кураш кучайиб бораётган бир даврда таълим-тарбия, тарғибот ва ташвиқот ишлари жараёнида умуминсоний қадриятларга содиқлик, миллий ғоя, миллат ва уларнинг ўзаро боғлиқлиги масаласининг долзарблиги сифатида талаба-ёшларни профессионал касб эгаси бўлиб вояга етказишда, шунингдек, уларнинг миллий, умуминсоний қадриятлар, меҳр-мурувват, диний-бағрикенглик, ватанпарварлик, ватанга садоқат, миллий ифтихор, миллий ғурурни қарор топтириш каби юксак инсоний фазилатларни ривожлантиришнинг илмий назарий асослари зарурят эканлигининг педагогик таъсир воситалари орқали ёритилган.

19.02.2024 View more Download

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ ХИМИИ.

Yusupov Musurmon Maxmud o’g’li

В статье актуализируется необходимость использования цифровых образовательных технологий при обучении химии в общеобразовательных школах. Рассмотрена роль преподавателя в условиях активизации процессов цифровизации образования. Показаны основные способы развития цифровых навыков и внедрения цифровых образовательных технологий в учебный процесс преподавателями разных уровней обучения.

19.02.2024 View more Download

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘QUV MATNLARINI BOGʻLANISHLI NUTQQA OID KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

R.D.Shodiyev, Hamrayeva Muhayyo

Ushbu maqolada o‘quv matnlarini bog’lanishli nutqga oid ko’nikmalarini shakllantirish yo’llarini o’rgatadi.

19.02.2024 View more Download

TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARINING OʻRNI

Shakirova Dildora Abdumalikovna

Nodavlat ta’lim tashkilotlari bugungi kun ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylandi.Maqolada nodavlat ta’lim muassasalarining maqsad va vazifalari ularda ta’lim berishning yangi tizimlari va olinayotgan natijalar yoritilgan.Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator yangiliklar taklif etilgan.

19.02.2024 View more Download

BO‘LAJAK PEDOGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Xo‘jayev Shaxzod Shuxrat o‘g‘li, To‘xtamurodova Zilola Xamidjon qizi

Mazkur maqolada bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratini va kompetensiyalarini oshirishda e‘tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar tahlil qilingan. Ularning ma’naviy savodxonligini oshirishning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar shakllantirilgan.

19.02.2024 View more Download

БЎЛАЖАК ЎҚИТУВЧИЛАРДА РЕФЛЕКСИВ КОМПЕТЕНЦИЯНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ

Холбўтаева Дилфуза

Ўқитувчининг касбий рефлексияси ҳақида аниқ тасаввурга эга бўлиш учун касбий рефлексия ҳақидаги маълумотлар билиш талаб этилади. Фанга касбий рефлексия тушунчасини Б.З.Вульфов олиб кирган. Унинг таъбирича касбий рефлексия шахснинг ўзи, ўзлиги ва танлаган касбига бўлган муносабатини англатади. Касбий рефлексия ўқитувчининг асосий касбий сифатлари сирасига киради. Педагогик рефлексия бўлажак ўқитувчининг касбий фаолиятни эгаллаши, амалга оширишини таъминловчи асосий омил ҳисобланади. Бўлажак ўқитувчининг педагогик рефлексив фаолиятини ўрганишга оид кўплаб тадқиқотлар мавжуд. Ушбу тадқиқотларда педагогик рефлексиянинг турли жиҳатлари ўрганилган. Мазкур тадқиқотларда тафаккур психологиясида кенг кўламда қабул қилинган ёндашувлар, рефлексиянинг механизмлари, даражалари, типлари, ижодий ривожлантириш имкониятлари тадқиқ этилган. Ушбу тадқиқотлар Б.З. Вульфов, Э.Ф. Зеер, А.В. Карпов, А.К Маркова, В.А. Толочек, О.Н. Родина, А.М. Столяренко, Е.П. Белозерцев, В.В. Давыдов, И.А. Зимняя, А.И. Маркова, Л.М. Митина, Г.С. Пьянкова, В.А. Сластенинлар томонидан амалга оширилган.

19.02.2024 View more Download

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI ROLI

Xamidova Komila Maxmudovna

Maqolada hozirgi kunda ta’lim jarayonida (axborot – kommunikatsiya, zamonaviy telekomonikatsiya vositalaridan foydalanishning afzalliklar) masofaviy ta’limning samarali usullarini rivojlantirish. “Maktab, ota-ona, mahalla, elektron muloqot platformasini yaratish haqida so’z yuritiladi

19.02.2024 View more Download

IJODIY PEDAGOGIKAGA ASOSLANGAN TA'LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Fayzullaeva Nilufar Sadullaevna, Kattaeva Shaxnoza

Maqolada ijodiy pedagogikaga asoslangan ta'lim xizmatlarini rivojlantirishning yangi imkoniyatlari o'rganiladi. Ta'lim sohasi transformatsion o'zgarishlarni boshdan kechirar ekan, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhimligini e'tirof etish ortib bormoqda. Ushbu mavzu ijodkorlik pedagogikasining nazariy asoslarini o'rganadi, uning amaliy qo'llanilishini va ijodkorlik asos bo'lgan ta'lim xizmatlarini kengaytirishning potentsial usullarini ko'rib chiqadi.

19.02.2024 View more Download

ZAMONAVIY ILOVALAR-PLATFORMALAR (TELEGRAM, ZOOM, MUTOLAA)DAN FOYDALANIB OMMAVIY TADBIRLAR TASHKIL ETISH VA O‘QUVCHI-YOSHLAR O‘RTASIDA MADANIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH

Fayzullayev Farrux Maxsud o‘g‘li, Xolboyeva Shohsanam Anvarjon qizi

Ushbu maqolada yangi rivojlanib, ommalashib kelayotgan ijtimoiy vositalar, texnologiyalarni kitobxonlikka yo‘naltirilgan ommaviy tadbirlarda qo‘llash va ularning natijasida o‘qiladigan badiiy asarlaning yoshlarga ta’siri, ularning har bir yosh bosqichidagi psixologik ahamiyati, badiiy asarlar nafaqat madaniy, balki ilmiy muammolarning ham yechimi bo‘lishi mumkinligi yoritib berilgan.

19.02.2024 View more Download

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA INTEGRATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Umarova Zuxra Abduraxmanovna, Tuychiyeva Sarvinoz

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazzifalarning ijrosini ta’minlash jarayonida boshlang‘ich sinflarda o‘zlashtirish jarayonini kuchaytirish muhim o‘rin tutadi[1]. Bunda raqamli texnologiyalar sharoitida boshlang‘ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o‘qitish transformatsiya sharoitida samaradorlikni baholash masalalarini o‘rganish ham dolzarb bo‘lib turibdi. Mazkur o‘rinda ana shu masalaning tahliliga e’tiboringizni tortamiz. Mamlakatimiz boshlang‘ich ta’lim jarayoni samaradorligiga erishish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunda ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o‘qitish texnologiyasi muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan bu o‘rinda boshlang‘ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o‘qitish texnologiyasi samaradorligini baholash masalasi tahliliga e’tiboringizni tortamiz.

19.02.2024 View more Download