ОЙ ФАЗАЛАРИ ВА ҲОЛАТЛАРИНИНГ ИНСОНЛАР ТУРМУШ ТАРЗИГА ТАЪСИРИ

Хўжамберди Тоғаев, Мамажон Зокиров

Мақолада Ой фазалари ва ҳолатларининг инсонлар турмиш тарзига таъсири ҳақидаги мулоҳазалар баён қилинади.

25.11.2022 View more Download

O’ZBEKISTONNING QURUQ SUBTROPIK MINTAQASI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN ANOR NAVLARINING QANDDORLIGI VA TOVARBOPLIK XUSUSIYATLARI

Choriyeva Zarxol Qodirovna, Azizova Marvar, Vohidova Nozanin

Ushbu maqolada O’zbekistonning quruq subtropik mintaqasi (Surxondaryo viloyati) tuproq-iqlimi sharoitida yetishtirilgan anor navlari mevasining yirikligi, qanddorligi va degustatsiya bahosini qiyosiy o’rganish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Bunda anorning rayonlashtirilgan va istiqbolli Sulu-anor, Rubin Ispanskiy, Oleg, Vanderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Vesna, Alisa, Yeni qirmizi, Yeni glyusha, Azerbayjan, Irandali, Qozoqi anor, Qizil anor (nazorat) kabi navlari iste’molbop yetilgan mevalarining diametri, sharbatidagi qand miqdori va ta’m sifatlariring degustatsiya bahosi qiyosiy taqqoslangan. O’rganilgan kollektsion anor navlari orasida Vanderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Qozoqi anor, Qizil anor navlari mevasi va anor donalarining yirikligi, vaznining kattaligi va ta’m sifatlarining yuqoriligi (4,4-4,6 ball) bilan ajralib turgan.

25.11.2022 View more Download

ИЛК ЎРТА АСРЛАР КУЛОЛЛИК ҲУНАРМАНДЧИЛИГИ ТАРИХИДАН

Рахмонов Жонибек

Ўрта Осиёнинг тарихий-маданий ўлкаларидан бири Уструшонада кулоллик хунармандчилиги қадим даврдан ўз фаолиятини бошлаган. Уструшонада кулоллик хумдонлари ясайдиган кулоллар маҳаллалари қайд этилган қадимги шаҳарлар ўрганилган. Маколада Уструшонанинг Мунчоқтепа, Нуртепа, Қалиятепа ёдгорликларида топилган антик даврларга оид кулоллик хумдонлари, Жиззахдаги Ўрда, Зоминдаги Култепа, Бунжикат каби шаҳар ёдгорликлари ўрта асрларга оид кулоллик хумдонлари ва кулоллар маҳаллалари материаллари тахлил килинган. Ушбу топилмалар ҳақиқатдан ҳам Уструшонада кулолчилик ҳунармандчилигини ривожлангани ва маҳаллий хусусиятларга эга бўлганидан дарак беради

25.11.2022 View more Download

НАСОС ҚУРИЛМАЛАРДА ЭНЕРИЯ ТЕЖАШ МАСАЛАЛАРИ

А.И.Анарбаев, А.Н.Қорақулов, Я.Ш.Қаюмов

Мақолада таърифларнинг доимий ошириб борилиши ва энергия самарадорлиги ва энергияни тежашни ошириши талаблари муносабати билан тобора долзарб бўлиб бораётган энергия тежаш масалалари ёритилган. Насос қурилмаларида энергияни тежаш учун частота билан бошқариладиган насос станцияларининг электр юритмани бошқариш хусусиятлари кўриб чиқилди. Сувнинг ҳаракати ва электр таъминотининг технологик жараёни томонидан мос равишда созланиши учун тегишли аналитик боғлиқликлар олинади. Сув қуйиш жараёнларининг физик ибораларини таҳлил қилиш энергия тежаш режимларини ва ускуналарнинг самарадорлигини ошириш технологияларини аниқлашга имкон беради.

25.11.2022 View more Download

ҚУРИЛИШ ИШЛАБ ЧИҚАРИШИДА КИРИШ НАЗОРАТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎЛЛАРИ

Усманов Илхом Ачилович, Жуманов Шерзод Норбоевич

Мазкур мақола қурилиш ишлаб чиқаришида сифатни ошириш муаммосига бағишланган бўлиб, қурилиш майдончасида сифатни назорат қилишнинг айрим турларини ривожлантиришга қаратилган. Хусусан, қурилишда хом-ашё, конструкциялар ва деталларнинг кириш назорати самардорлигини ошириш бўйича таклифлар келтирилган.

25.11.2022 View more Download

PORTAL GIPERTENZIYA ASORATLARINI OLDINI OLISH VA DAVOLASHDA KAMINVAZIVLI ARALASHUVLAR KOMPLEKSINING SAMARADORLIGI

Xakimov Murod Shavkatovich, Matkuliev Utkirbek Ismoilovich, Umarov Zafarbek Zaripboyevich

Jigar sirrozi (JS) bilan kasallanish brogan sari ortib bormoqda, tabiiyki buning oqibatida uning asoratlari (xisoblangan portal gipertenziya (PG) va uning asorati qizilo’ngach hamda me’da varikoz kengaygan venalar (QMVKV)dan qon ketishi, astsit, gipersplenizm, splenomegaliya, jigar yetishmovchiligi (JY), entsefalopatiya va boshqalar) ham ortib bormoqda. Buning oqibatida davo choralarni izlanishlariga qaramasdan o’lim ko’rsatkichi oshishda davom etmoqda. Bir guruh olimlarning oxirgi yillardagi izlanishlariga ko’ra JS butun dunyo bo'ylab kattalar o'limining asosiy sabablari orasida 14-o'rinni egallagan. Ushbu raqamlar PG sindromining (PGS) asoratlari bilan og'rigan bemorlar sonining sezilarli darajada ko'payishini anglatadi, bu esa ko'p hollarda virus etiologiyali JS bilan bog'liq. Turli mualliflarning fikriga ko'ra 40-70% hollarda PGning QMVKVdan qon ketish asoratiga olib keladi. JSning eng og'ir va tez-tez o'limga olib keladigan asoratlaridan yana biri shish-astsit sindromidir. Ko'pgina mualliflarning fikriga ko'ra, JS bilan og'rigan bemorlarda shish-astsit sindromida o'lim astsitning birinchi yilida 40-70% ga etadi. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko'ra, JS rivojlanishi barcha holatlarining taxminan 57% gepatit B (30%) va C (27%) bilan bog'liq.

25.11.2022 View more Download

ЛАЛМИКОР БЎЗ ТУПРОҚЛАР ШАРОИТИДА ТУПРОҚҚА ИШЛОВ БЕРИШ ВА МИНЕРАЛ ЎҒИТЛАРНИНГ КУЗГИ БУҒДОЙ БИОМЕТРИК КЎРСАТКИЧЛАРИГА ТАЪСИРИ

Нишанов Жавлон Абдурахманович, Юсупов Ҳасан

Мақолада лалмикор ерларнинг ёғингарчилик билан ярим таъминланган текислик қир-адирлик минтақасида бошоқли дон экинлардан барқарор юқори ва сифатли ҳосил етиштиришда ғалла-шудгор алмашлаб экиш тизимида “Истиқлол-6”кузги буғдой навини тупроққа ишлов бермасдан (No-tiil) технология бўйича экиш ҳамда анъанавий технология билан қиёсий солиштириш ва минерал ўғитлар билан озиқлантириш тартибида ўсимлик туп сони, ўсиши, ривожланиши ҳамда ҳосилдорлигининг ўзгаришини ўрганиш бўйича ўтказилган тажрибалар натижалари баён этилади

25.11.2022 View more Download

“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI

Normurodova Aqida Yigitali qizi

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yangi “Ta`lim to`g`risida”gi qonunga imzo qo`yildi. Bu albatta biz yoshlar uchun muhim qadam hisoblanadi. Men shuni aytishim kerakki, ta`lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish kerak, chunki ta`lim tizimi samarali olib borilsa mamlakat rivojlanadi. Mana shu kundan boshlab Yaponiya, Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda ta`lim tizimi va samarali o`qitish tubdan o`zgardi. Ta`lim mamlakat kelajagining hayot-mamotidir. Har bir davlat aynan kuchli ta`lim tizimini yaratish va uni muntazam takomillashtirib borish haqida bosh qotiradi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni 1997-yil qabul qilingan bo`lib, bugungi zamon shiddatlariga, umuman yangilanish, rivojlanishlarga javob bermay qolgan edi. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni 11 bob, 75 ta moddadan iborat bo`lib, amaldagi qonunning 34 ta moddasidan 33 tasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi, ta`lim sohasidagi faoliyati, jumladan ta`limning turlari, shakllari, tizimni boshqarish, sifatni nazorat qilish, ta`lim-tarbiya ishtirokchilarining samarali hamkorlik qilish mexanizmlarini ta`minlashdan iboratdir. Qonunning asosiy jihatlaridan yana biri shuki, mamlakatimizda ta`limni tashkil etishda alohida etibor qaratib kelinayotgan ta`lim va tarbiyaga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, shu paytgacha asosiy prinsip sifatida belgilanmagan edi. Endilikda ushbu prinsip qonun bilan belgilandi. Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.

25.11.2022 View more Download

ЎҚИТУВЧИЛАР ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ КАСБИЙ РИВОЖЛАНТИРИШДА РЕФЛЕКСИЯНИНГ АҲАМИЯТИ

Халиков Аъзам Абдусаломович

Мазкур мақолада касбий рефлексияни ўқитувчи педагогик фаолиятининг таркибий қисми ва унинг педагогик маҳоратини ривожлантириш асослари сифатида қаралиши, касбий педагогик фаолиятни ўқитувчининг рефлексив позицияси нуқтаи назаридан ёндашиб ташхислаш ва таҳлил қилиш асосида янада такомиллаштиришнинг аҳамияти кўрсатиб берилган

25.11.2022 View more Download

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILIMINI BAHOLASHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI

Maxfurat Jabborovna Sattorova

Mazkur maqola bugungi kunda Xalq ta’limi tizimida va asosan, umumiy o‘rta ta’limning boshlnag‘ich bo‘g‘inida xalqaro baholash tadqiqotlarining ahamiyati hamda ta’lim tizimidagi afzalliklariga bag‘ishlanadi. Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlarining zamonaviy ta’lim tizimida egallayotgan o‘rni to‘g‘risida fikr-mulohaza yuritadi

25.11.2022 View more Download