ТОШКЕНТ БОТАНИКА БОҒИ ШАРОИТИДА ИНТРОДУКЦИЯ ҚИЛИНГАН LONICERA L. (CAPRIFOLIACEAE) ТУРКУМИ АЙРИМ ТУРЛАРИНИ ВЕГЕТАТИВ УСУЛДА КЎПАЙТИРИШ

С.С. Носиров, Н.К. Рахимова

Мақолада Тошкент Ботаника боғи шароитида интродукция қилинган Caprifoliaceae оиласига мансуб Lonicera L. туркуми айрим (L. japonica, L. maackii, L. muendeniensis, L. maximowiczii) турларини вегетатив 3 хил усулда: корневин, гетероауксин стимуляторлари ва назорат (сув)да кўпайтириш бўйича маълумотлар келтирилган. Тадқиқот олиб борилган турлардан қаламчаларининг кўкариши бўйича L. japonica тури юқори (98%) кўрсаткичга эга бўлганлиги, паст кўрсаткич эса L. maackii, L. muendeniensis, L. maximowiczii турларида (56%) аниқланган. Энг юқори натижалар корневин стимуляторидан олинганлиги маълум бўлди

13.10.2022 View more Download

SURXONDARYO VILOYATI SAROSIYO TUMANI SANGARDAK HUDUDIDA TULIPA CARINATA VVED POPULYATSIYALARINING TARQALISHI

J.J. Jo‘raqul o‘g‘li, D.A. Abdullayev, N.Q. Iskanov

Maqolada Hisor davlat qo’riqxonasida va Sangardak daryosining o’ng soxil, tog’ yonbag’irlaridan T. carinata lolasining populyatsiyalari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari populyatsiyada mavjud generativ lolalarning tabiiy sharoitdagi urug’ mahsuldorligi bo’yicha olingan natijalar aniqlangan

13.10.2022 View more Download

KO‘KALAMZORLASHTIRISH SOHASIDA VERTIKAL KO‘KALAMZORLASHTIRISHNING TUTGAN O‘RNI VA KO‘KALAMZORLASHTIRISHGA MO‘LJALLANGAN JOYLARDA AGROTEXNIKA ISHLARI.

Xamidov Maruf Zarifovich

Ushbu maqolada Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda chirmashib o‘sadigan o‘simliklar ahamiyati haqida so`z yuritiladi. Ayvonchalar va pergolalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun quyidagi o‘simliklardan foydalanish tavsiya etiladi: yog‘och poyalilardan - tok (Uzum), Plyush, Lomonos (Klematis), Kaprifol Jimolosti, Aristoloxiya, chirmashuvchi atirgullar va chirmashuvchi Gortenziya. Aholi yashash joylari yoki sanoat korxonalarini ko‘kalamzorlashtirish ob’yektlarini rel’yefi birmuncha tekis bo‘lgan, qurilishlar uchun qulay maydonchalarda amalga oshiriladi. Yopiq sug’orish tarmog’i kichik va muhim joylarda barpo etiladi. Keskin nishabliklarni eroziyadan saqlash hamda suv xavzalari qirg‘oqlarini maxkamlash maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshiriladi

13.10.2022 View more Download

TOSHKENT VILOYATI BOSTONLIQ TUMANI HUDUDIDA TULIPA KAUFMANNIANA REGEL POPULYATSIYALARINING TARQALISHI

D.A. Abdullayev, J.J. Jo‘raqul o‘g‘li, M.D. Turgunov, N.Q. Iskanov

Maqolada Chotqol tizmasining janubiy-g‘arbiy qismida tarqalgan T. kaufmanniana turining populyatsiyasi, o’simliklarning umumiy soni, generativ va yuvenil o’simliklar nisbati haqida ma’limotlar keltirilgan. Muhofazaga olingan va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo’lgan hududlarda lolalarning saqlanib qolish darajasi va ularning kamayib ketish sabablari o’rganilgan.

13.10.2022 View more Download

ODDIY LIGUSTRUMNI QALAMCHALARI ORQALI KO'PAYTIRISHDA ILDIZ O'SISH KO'RSATKICHLARINI O'RGANISH

Jurayev Javlon Mirzatillayevich, Xalilova Kamola Abdulxodi qizi, Saydullayev Narzullo Bahodir o'g'li

Burchmulla davlat o’rmon xo’jaligida mavjud bo’lgan ligustrum plantatsiyalaridan olingan qalamchalarda 1 yillik ildiz o’sish ko’rsatkichlarida quyidagi natijalar aniqlandi. Tadqiqotda o’rganilayotgan 4 ta variant qilib ekilgan urug’lardan unib chiqqan 1-yil o’sish ko’rsatkichlari bo’yicha urug’ko’chatlarni ildiz o’sib rivojlanishi o’lchab, o’rganish ishlari olib borildi. Bunda quyidagi ko’rsatkichlarni namoyon qildi. 1-variant bo’yicha ko’chat ildiz uzunligi 26 sm, 2-variant bo’yicha ko’chat ildiz uzunligi 30 sm, 3-variant bo’yicha ko’chat ildiz uzunligi 27 sm; 4-variant bo’yicha ildiz uzunligi 41 sm ko’rsatkichlar aniqlandi. Bunda qalamchalarga tasir ettirilgan stimulyatorlardan kornevin va oksigumat eng yuqori ko’rsatkichlarni namoyon qildi. Ligustrum qalamchalarini ekish davomida ushbu stimulyatorlardan foydalanish yuqori samaradorli ko’chatlar olish imkonini beradi

13.10.2022 View more Download

ВЛИЯНИЕ СПОСОБОВ И СРОКОВ ПОСАДКИ САЖЕНЦЕВ СОСНЫ КРЫМКОЙ С ЗАКРЫТОЙ КОРНЕВОЙ СИСТЕМОЙ НА ЕГО РОСТ И ПРИЖИВАЕМОСТИ НА ГОРНЫХ СКЛОНАХ ЧАТКАЛЬСКОГО ХРЕБТА В УЗБЕКИСТАНЕ

Мамутов Бахрам Хожаниязович, Бутков Евгений Александрович

В статье изложены результаты исследований влияние разных способов и сроков посадки сосны крымской с закрытыми корнями, выращенные в контейнерах на жестких лесорастительных условиях – западном и южных склонах Чаткальского хребта на его приживаемости и рост и развитию. Установлено, что создание лесных культур однолетними саженцами сосны, выращенными в контейнерах, в условиях континентального климата на склонах Чаткальского хребта, обеспечивало на второй год после посадки при углублённой посадке или с добавлением в почву коллоида КМЦ приживаемость в самых жёстких условиях на западном склоне более 80%, а на южном 50 – 60 %, тогда как при посадке саженцев с открытыми корнями культуры погибли полностью. В нормальных лесорастительных условиях использование ПМЗК для создания лесных культур сосны позволяет продлить срок посадки, по крайней мере, до середины мая и при этом получить хорошую приживаемость, хотя роста посадок в первый год не наблюдалось. В жёстких условиях южного склона продление срока посадки себя не оправдало.

13.10.2022 View more Download

OQ AKATSIYA (ROBINIA PSEUDOACACEA L. ) URUG’LARINI UNUVCHANLIGINI ANIQLASH

Juraev Javlon Mirzatillaevich, Xalilova Kamola Аbdulxodi qizi, Baratova Madina Botirovna

Oq akatsiya (Robinia pseudoacacea L.) urug’lari unuvchanligini o’rganish davomida hududlar bo’yicha sezilarli darajada farqlar aniqlandi. Mahalliy urug‘larning ekish sifatini tahlil qilishga qaratilgan laboratoriya tajribalari unib chiqishning past foizini ko‘rsatdi.

13.10.2022 View more Download

ОРОЛ ДЕНГИЗИНИНГ ҚУРИГАН ТУБИДА ЎРМОН БАРПО ЭТИШ САМАРАДОРЛИГИ

Ҳамроев Ҳусен Фатуллаевич, Хожамуратов Нагметулла Бегдулла ўғли

Мақолада Орол денгизининг қуриган тубида Тахтакўпир давлат ўрмон хўжалиги томонидан ўрмонлаштириш ишларининг натижалари келтириб ўтилган. Ўрмон хўжалиги томонидан 8 минг гектарга яқин бўлган майдонда ўрмонлаштириш ишлари амалга оширилган бўлиб, экилган кўчатлар ва униб чиққан ниҳолларнинг яшовчанлиги 40% дан юқори бўлганлиги қайд этиб ўтилган

13.10.2022 View more Download

ТОШКЕНТ БОТАНИКА БОҒИ ШАРОИТИДА ЛАВР (ДАФНА) БАРГЛИ КАЛИНА (Viburnum tinus of“Lucidum”) НИ ВЕГЕТАТИВ УСУЛДА КЎПАЙТИРИШ

Бердиев Эркин Туриевич , Шоодилов Шомуродбек

Мақолада манзарали Лавр (дафна) баргли калина (Viburnum tinus f “Lucidum”) бутасини вегетатив усулда кўпайтириш бўйича олиб борилган тажриба ва тадқиқот натижалари келтирилган. Тажриба натижасига кўра, қаламчаларнинг илдиз олиш фоизи 68-70% га етганлиги ҳамда вегетация сўнггида барча қаламчаларнинг нафақат сақланиб қолиши, балки ялпи равишда ўртача 4-12 см гача ўсганлиги қайд этилган. Шунингдек, каллус ҳосил қилиб, илдизи шаклланмаган қаламчалар 18-19% ни, умуман каллус ҳосил қилмаган ва илдиз чиқармаган қаламчалар эса 10-11% ни ташкил этган

13.10.2022 View more Download

ODDIY BODOM – PRUNUS AMYGDALUS BATSCH NI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Namozov Jasurbek Mamarajab o’g’li , Yuldashov Yakubjon Xatamovich

Ushbu maqolada oddiy bodom – Prunus amygdalus Batsch ni yetishtirish agrotexnologiyasi bo ‘yicha adabiyotlar tahlili keltirilgan. Hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bodom bog’laridan 1ga maydondan 1500-2500 kg hosil olinmoqda. O‘zbekistonda serhosil va sovuqqa chidamli bodom bog’larini kengaytirish, yangi bog’lar yaratish zarur. Bodomning zich ekilgan plantatsiyalarida qatorlar sharqdan g’arbga tomon joylashuvi yahshi natija beradi. Bodom daraxti vegetatsiya davomida aprel oyidan iyul oyiga qadar bo’lgan davrda biomassa uchun mineral moddalarini o’zlashtirgani uchun oziqlantirish tadbirlarini aynan shu davrda intensiv olib borish kerak. Bodomzorlarni parvarishlashda, meva to’lishish davrida sug’orish rejimini 35% ga kamaytirish hosilning sifatiga va miqdoriga tasir qilmaydi. Suvni tejash yo’li orqali bodom mevalarining yuqori sifatini saqlab qolish hamda hosilning sifatini yaxshilash mumkin. Bugungi kundagi global isish va suv resurslarining kamyishi kabi dolzarb muommolar mavjud davrda qurg’oqchilikka chidamli, rentabilligi yuqori bo’lgan bodom kabi o’simliklarni ekish yo’li bilan ushbu muommlarni yengib o’tish mumkin

13.10.2022 View more Download