Abstract
Dramaturgiya va teatrda hech qachon to’qnashuvsiz sahnada hayotni namoyon qilish mumkin emas. Bayonchilikdan iborat asar hech qachon dramaturgik asar degan nomga ega bo’lmaydi. Bayonchilik faqat hikoya va romanlarga xos uslub, konflikt esa dramaga xos uslub, konflikt esa dramaga xos uslub hisoblanadi. Agar konflikt xarakterlar qarama-qarshiligi ya’ni ziddiyati sifatida qaraladigan bo’lsa, kompozitsiya bu konfliktni dramatik harakatda amalga oshirilishidir. U o’z navbatida til (monolog, dialog) yordamida amalga oshiriladi. Drama kompozitsiyasini dramatik harakatni vaqt va makonda tashkil qilish sifatida belgilash mumkin. “Har qanday tragediyada tugun va yechim bo’lishi zarur. Dramada tashqaridagi barcha voqealar, shuningdek, ba’zan dramaning ichidagi ayrim voqealar–tugun qolganlari esa – yechimdir. Men tragediyaning boshlanishidan to (qahramonning )baxtsizlikdan baxtiyorlikka yoki baxtiyorlik dam baxtsizlikka tomon o’tish harakati boshlangan chegaragacha bo’lgan qismini tugun deb atayman. Ana shu o’tish boshlangan joydan asarning oxirigacha bo’lgan qism yechimdir”³
Keywords
Dramaturgiya, sahna, konflikt, to’qnashuv, ziddiyat, kurash, kolliziya, aktyor, janr